og‘rit
bilan ulashing
1. Ogʻrimoq feʼlining orttirma nisbati.
-
Namgarlik aʼzoyi badanimni zirqiratib ogʻrityapti. Etik oyogʻimni ogʻritdi.
-
Yigʻlama, Tursunoy, yigʻlama. Yigʻi boshni ogʻritib, kishini lohas qiladi. A. Qahhor, Maston
2. Xafa qilmoq, ranjitmoq, diliga ozor bermoq.
-
Koʻnglini ogʻritmoq.
-
Dildor shu yoshga kirib, birovning dilini ogʻritmagan. S. Ahmad, Ufq
-
[Kumush Otabekka:] Shu yaqin oradagi uning [Zaynab] bilan boʻladigan masʼud daqiqalaringizda xudo yoʻliga vaʼda olingiz — meni ogʻritmasin, raqibam keldi, deb oʻylamasin. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Uka, man uch-toʻrt kundan keyin Fargʻonaga joʻnayman. Lekin, san cholning koʻnglini zarracha ogʻritma, durustmi? Oybek, Tanlangan asarlar
og‘rit soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bosh ogʻritmoq
-
Zaʼfaron foydali oʻsimlik boʻlish bilan birga noxush asoratlari ham bor. Boshni ogʻritadi. Saodat;
-
Bu yil idora chopiq, sugʻorish kabi ishlarni tashkil qilish; ish bitdimi, orqada qoldimi, har kun koʻzdan kechirish toʻgʻrisida bosh ogʻritmaydi. A. Qodiriy, Kichik asarlar;
-
Elga qoʻshilmaysan, odamgarchiliging bormi? deyishaverib, boshni ogʻritishdi. Gazetadan
OG‘RIT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОҒРИТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
og‘rit so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar