og‘ri
bilan ulashing
1. Kasal boʻlmoq, biror kasallikka yoʻliqmoq, dardga chalinmoq.
-
Ishlamay yegan, ogʻrimay oʻlar. Maqol
-
Buyuk alloma Abu Ali ibn Sino miya, qontomir, oʻpka kasalliklari bilan ogʻrigan kishilarni davolashda yongʻoq magʻzidan samarali foydalangan. Fan va turmush
-
Birdan Zebi xola ogʻrib qoldi-yu, oʻsha yotgancha oʻrnidan turmadi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
2. Kasallanib, shikastlanib, jarohatlanib yoki charchab ogʻriq bermoq, ogʻriqqa kirmoq.
-
Oyogʻim ogʻriyapti. Pichoqni avval oʻzingga ur, ogʻrimasa, birovga ur! Maqol
-
Uning tani zirqirab ogʻrir, ayniqsa, beli shunday ogʻrirdiki, aslo chidab boʻlmasdi. S. Ahmad, Ufq
-
Butun badanim zirqirab ogʻriydi, endi juda kuchaydi ogʻriq. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Kasallanib yoki qurt yeb toʻkilmoq (hoʻl mevalar haqida).
-
Ogʻrigan olma.
og‘ri soʻzi qatnashgan jumlalar:
Beli ogʻrimaganning non yeyishiga qara
Dili (yoki koʻngli) ogʻrimoq
-
Zumrad eriga koʻz qirini soldi. Uning bugungi ozorini oʻylab, koʻngli ogʻridi va jahl bilan teskari oʻgirilib, toʻshakni boshiga tortdi. S. Siyoyev, Otliq ayol
-
Gulnorni olmoqchi ekan, olsin. Uka, biz toʻsiq boʻlmaylik, cholning dili ogʻrimasin. Oybek, Tanlangan asarlar
Joni ogʻrimoq
OG‘RI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОҒРИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
og‘ri so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar