riyozat
bilan ulashing
1. Qiyinchilik, mashaqqat, ogʻir mehnat, zahmat.
-
Nega meni yoʻqlamas doʻstlar, Bir doʻst, deya chekmas riyozat? Kimdir bugun holimga kular, Kimdir menga qilar xiyonat. A. Poʻlkan, Izhor
-
Bu iztirob koʻnglini lahza sayin yuksaltirib borar, chekkan nihoyasiz riyozat va azoblari evaziga unga yupanch berar, hamdard boʻlmoqqa vaʼda etar edi. X. Sultonov, Onamning yurti
-
Pedagog obroʻyini topish uchun chuqur bilim egallab, aql-u odob kasb etib, bir umr ha,yul riyozat chekmoq lozim. R. Usmonov, Odobnoma
2. din. Dunyoviy ishlardan oʻzini, nafsini tiyib qiynalish, oʻzini qiynash; tasavvufda tariqatning asosiy shartlaridan biri.
-
Riyozatning natijasi — faqr-u fano, yaʼni ilohiy axloq sohibi boʻlish. Gazetadan
RIYOZAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РИЁЗАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
riyozat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar