rizq
bilan ulashing
1. Hayot uchun zarur oziq, ozuqa, qut, nasiba, ovqat.
-
Qunt bilan oʻrgan hunar, Hunardan rizqing unar. Maqol
-
Meh-mon kelar eshikdan, Rizqi kelar teshikdan. Maqol
-
Har bir odam dunyoga kelar ekan, oʻz rizqi bilan tugʻiladi, degan gap bor. Yoshlik
-
Rizqi ona yerga sepilgan xalqim, Ushoq chigitni ham etmay deb uvol, Million egatlarga egilgan xalqim. A. Oripov
2. koʻchma Biror ish, harakat va shu kabilar uchun asos boʻlgan narsa; ozuqa, oziq.
-
Qudrat yalmogʻiz qashshoqlikning zaharli tomirlari oʻz [uning] rizqini qayerdan va qanday olishini yaxshi bilib oldi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Otlar dashtlarda qoʻylarga qaraganda koʻproq chidamli boʻladi, oʻz rizqini bemalol topib yeydi. Gazetadan
-
Don — insonning, somon — chorva mollarining rizqi. Gazetadan
-
Bu oʻrik mehnatsevar dehqonning mehri va muhabbatidan rizq olib oʻsardi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
3. din. Qurʼoni karim, Islom diniga koʻra, xudo har bir kishi, jonivor uchun atagan, oʻlchab, belgilab qoʻygan nasiba, ulush.
-
Karvon koʻp, rizqi boʻlak. Maqol
-
Olloh yoʻlida hijrat qilgan, soʻngra qatl qilingan yoki vafot topgan zotlarni, albatta, Olloh goʻzal rizq bilan ruhlantirar. Gazetadan
-
Sen bilan mening tan-jonimiz sogʻ boʻlsa, bu joʻjalarning rizqini xudo beradi K. Yashin, Hamza
-
[Zebi:] Yigit moli yerda, har kimni xudoyi taolo oʻz rizqi bilan yaratadi, oʻgʻlim. U. Ismoilov, Saylanma
-
Ey parvardigori olam, oʻgʻlim Hamzaxonning umrini uzun, iqbolini baland, rizqini moʻl qilgaysan. K. Yashin, Hamza
rizq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Rizqi tugamoq
-
Goʻdakning rizqi tugab, kuni bitgan. Taqdiri azalda bitilgani shunday boʻlgach, nachora! Bandalik ekan K. Yashin, Hamza
RIZQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РИЗҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
rizq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing