o‘ralash
bilan ulashing
1. Biror joyda uymalashmoq, tentimoq; izgʻimoq.
-
Qodirov oʻzi ham koridorda oʻralashib yurardi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Gajak qoʻygan kelinchaklar, gʻijim roʻmol oʻragan qizlar fotografiya oldida oʻralashib qolishadi. S. Ahmad, Ufq
-
Qurilish ketayotgan bir paytda uchastka atrofida bir kishi oʻralashib qoldi. Mushtum
2. Oʻralmoq, oʻranmoq.
-
U [xotin] eski parpasha paranji ichida oʻralashib, yurib emas, yugurganday tezlab kelar edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
3. koʻchma Biror ish bilan band boʻlmoq, ovora boʻlmoq; kuymanmoq.
-
U oʻn bolani oʻstiraman, deb uyda oʻralashib qoldi.
-
Kasbi bilan oʻralashib ketarmikin, deb kasalxona ham ochib berdi. Yoʻq, boʻshadi. Shuhrat, Jannat qidirganlar
-
Kampir ipak qurtlari bilan oʻz-oʻzidan oʻralashib qoldi. X,. Nazir, Yonar daryo
O‘RALASH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎРАЛАШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘ralash so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar