o‘ram
bilan ulashing
1. Oʻralgan holga keltirilgan, oʻrab qoʻyilgan.
-
Ikki oʻram ip.
-
Oysha traktor orqasidagi bir oʻram arqonni olib, unga uloqtirdi. S. Ahmad, Ikki hikoya
-
Bir oʻram qogʻoz oldi yana. Bu mayda harflar bilan qora siyohda koʻchirilgan gʻazallar. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Xiva zargarlari ziynatlagan tilla buyumlar, toy-toy ipak oʻramlari imperator janoblariga peshkash qilinadi. S. Siyoyev, Avaz
2. Oʻralgan narsaning har bir qavati.
-
Bemorni karavotga yotqizishdi. Ikki hamshira birin-sirin doka oʻramlarini yecha boshladi. R. Rahmon, Mehr koʻzda
3. Taxlab biror narsa bilan oʻralgan, oʻrab tugilgan.
-
Dasturxonga bir oʻram qogʻoz pul qoʻydi. N. Maqsudiy, Yuksalish
-
Ertasiga Amatjon Toʻlgʻonoyning qolgan-qutgan sepini, uch-toʻrt koʻrpa-yostiq, bir oʻram idish-tovoq olib kelib berdi. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
4. Bir oʻrashga yetarli, bir marta oʻrasa boʻladigan.
-
Bir oʻram maxorka.
5. Biror nimalar bilan oʻralgan, oraliqda boʻlgan joy.
-
Ikki qoʻshin bir-biri bilan aralashib, qilich solishardi Yaralangan otlar oʻram ichida choʻloqlanib, kishnab yurardi. Mirmuhsin, Meʼmor
6. eskirgan Ijtimoiy, hududiy va shu kabilar jihatdan alohida, mustaqil boʻlgan joy, mahalla, xoʻjalik va shu kabilar
-
Oʻramlarga tarqaldilar ul guruh, Boʻlib mavji daryo kabi koʻh-koʻh. S. Xondayliqiy
-
Ayyor ekan shu oʻramning qizlari, Yaxshi yorim yomon yoʻlga solibdi. Oq olma, qizil olma
-
Aslida bu ikki shikoyatchining arzi, rayon u yoqda tursin, xoʻjalik oʻramidan tashqariga chiqqulik emasdi. Mushtum
o‘ram soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oʻram qilmoq
-
Oʻram qilingan qogʻoz.
-
Arqonga osilib turib, toshda nimadir chizayotgan yigit qoʻlidagi oq narsani oʻram qila boshladi. P. Qodirov, Qora koʻzlar
-
Tohirning sherigi xurjunidan oʻram qilingan arqon oldi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
sheva Mavze, kvartal.
O‘RAM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎРАМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘ram so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar