o‘rama
bilan ulashing
1. sifatdosh Bir necha marta aylantirib oʻralgan, oʻrab bogʻlangan.
-
Jonuzoq ot Oʻrama belbogʻiga qistirigʻliq turgan irgʻay dastali qamchisini oʻynay boshladi. S. Anorboyev, Oqsoy
2. sft. s. t. Buralib-buralib ketgan.
-
Olqor shoxi oʻrama, gapni sochday burama. Qoʻshiqlar
3. ot Yoyilgan yupqa xamirni kesib, oʻziga xos shaklda yogʻda qovurib tayyorlangan taom, pishiriq.
-
Bunday moʻrt xamirdan pechenye, chakchak, oʻrama kabi taomlar tayyorlansa, ogʻizda uqalanib turadi. K. Maxmudov, Oʻzbek tansiq taomlari
4. aynan Oʻram 1.
-
Bu (ich) mahsulotlarning har biridan har xil yaxna ovqatlar poʻstdumba oʻramasi kabi qator tansiq taomlar pishiriladi. K. Mahmudov, Oʻzbek tansiq taomlari
-
U mayda-chuydalarni qalamdon ichiga solib, uni qogʻoz orasiga qoʻyib, oʻrab, los bilan bogʻladi, meni xurjunsiz eshakka mindirib, oʻramani oldimga qoʻyib, Soktarega joʻnatdi. S. Ayniy, Esdaliklar
O‘RAMA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎРАМА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘rama so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar