pilik
bilan ulashing
1. Bir uchi yoritqich asbob ichidagi kerosinni yoki moyni shimib, ikkinchi — yonuvchi uchiga oʻtkazib beradigan lentasimon mato yoki eshilgan paxta.
-
Qorachiroq piligi. Shamning piligi. Lampa piligi.
-
Moyi tugab, piligi soʻxta boʻlgan chiroq bir lip etib soʻndi. S. Ahmad, Hukm
-
Yoshiga nisbatan ancha tetik, barvasta chol ostona hatladi. Gulroʻyning yuragi bezovta tepgancha, yana bir bor eshitilar-eshitilmas, oʻtiring, deb qoʻydi-da, chiroq piligini bir oz koʻtarib, koʻrpacha tashladi. Yoshlik
2. toʻqm. Paxta, jun, ipak va zigʻir tolalarini boʻshgina himarib, choʻzib, toʻgʻrilab hosil qilinadigan mahsulot.
-
Pilik ip yigirish uchun asosiy xomashyo hisoblanadi. OʻzME
3. Soch oʻrimi yechilib ketmasligi uchun uning uchiga qoʻshib oʻrilgan paxta.
-
Sochini mayda oʻrib, uchiga pilik taqqan, oyogʻiga kavush, egniga chit koʻylak kiygan oʻn olti yoshlardagi bir qiz anor uzib, savatga terardi. S. Ahmad, Saylanma
4. Arvohlarga, ins-u jinslarga atab yoqish uchun bir uchiga paxta oʻrab, yoqqa botirilgan choʻp.
-
Kamzulining choʻntagidan qamishga oʻralgan bir necha pilikni olib, uchtasini Surmaxon qabrining bosh tomoniga tiqib, yondirib qoʻydi. I. Rahim, Ixlos
5. Qosh, kiprikni boʻyash uchun ishlatiladigan, uchiga paxta oʻralgan choʻp.
-
Satimxonning qoʻshnilar bilan totuvlashib olganini aytmaysizmi — bir piyola ketidan oʻsma qoʻyib, bir pilikdan surma tortganday! Shuhrat, Umr pogʻonalari
pilik soʻzi qatnashgan jumlalar:
Piligini koʻtarmoq
-
[Rasuljon:] Yoʻq, doʻstim, hozirgi zamonda matematikadan oqsash yaramaydi. Matematikadan bahoning piligini koʻtarish kerak. J. Abdullaxonov, Xonadon
-
— Siz ham bizning diniy urf-odatlarimizga daxl qilmang, oqibati yaxshi boʻlmaydi, — dedi muloyimlik bilan. Keyin piligini sal baland koʻtarib, ilova qildi. — Siz yoshlikda qanday boʻlsangiz, haliyam oʻsha-oʻsha choʻrtkesar, oʻjar, qiziqqonsiz. K. Yashin, Hamza
PILIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПИЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
pilik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar