pillapoya
bilan ulashing
1. Zina yoki narvonning har bir pogʻonasi, bosqichi; pogʻona.
-
Joʻraboy uyqusizlikdan mudrab, zinaning ikki-uch pillapoyasiga baravar oyoq tashlab yuborgan edi, qalqib ketdi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
-
Bir oyogʻini vagonning yuqorigi, bir oyogʻini pastki pillapoyasiga qoʻyib turgan Saodatning koʻzi onasida edi. N. Safarov, Saodatning qissasi
-
Tezda orqasiga qaytdi-da, tepalikning narigi tomonidagi maxsus pillapoyadan pastga tushib, bolaning oldiga chopdi. S. Zunnunova, Olov
2. koʻchma Bosqich, koʻtarilish bosqichi.
-
Haqiqiy ilm fidoyilari fanning mashaqqatli, ammo faxrli pillapoyalari sari ilgarilayotib, oʻzlarini ochilmagan qoʻriq sari borayotganday his etishadi. Gazetadan
-
Hayot insonni asta-sekin voyaga yetkazar, oʻz pillapoyalaridan birin-ketin yetaklab chiqaverar ekan. Yoshlik
PILLAPOYA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПИЛЛАПОЯ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
PILLAPOYA so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan PILLAPOYA so‘ziga berilgan ma’nolar
pillapoya so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
pillapoya so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar