rishta
bilan ulashing
1. eskirgan Ip, kanop.
-
Pardalari rishtasi el jonidin. Oybek, Navoiy
2. tibbiy Teri ostida paydo boʻladigan, ip kabi uzun qurt; shu qurt orqali tarqaladigan kasallik.
-
odam boshiga balo boʻlib kelgan rishta kasalligi ham butunlay tuga-tib yuborildi. Gazetadan
-
Oʻgʻli frontga joʻnayotganida, Buxoroga borsang, suvidan ichma — rishta kasali bor, deb mehribonlik qilgan. A. Qahhor, Tanlangan asarlar
3. koʻchma Ikki narsa, kimsa, hodisa va shu kabilarni oʻzaro uzviy bogʻlovchi vosita; bogʻlanish.
-
Doʻstlik rishtasi.
-
Sevgi farishtasi, Har nayza kiprigi, Goʻyo jon rishtasi, Goʻyo ishq koʻprigi. X. Saloh, Izlar va hislar
-
Vujudini shirin tuygʻu qamrab oldi. Bu tuygʻu, koʻzga koʻrinmas rishtalari bilan uni sehrlaganday, oʻylaganlarini toʻzitdi. S. Karomatov, Soʻnggi barxan
-
Axir kelgan-ketganga rizolik berib, vidolashib yotgan emish. Men ham soʻnggi burchimni ado etib qoʻysammikan? Yoʻq, endi doʻstlik rishtasi uzildi. S. Siyoyev, Avaz
rishta soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻngil rishtasi
RISHTA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РИШТА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
rishta so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar