rivoyat
bilan ulashing
1. Avloddan avlodga oʻtib kelayotgan, voqea va hodisalarni, inson faoliyatini baʼzan uydirmalar vositasida, baʼzan real tasvirlovchi ogʻzaki hikoya; naql, afsona.
-
Mavlono Lutfiy kabi keksa shoir hali goʻdak Navoiyning oʻzbek tilidagi bir bayti uchun oʻzining jamiki gʻazallaridan voz kechishga tayyor ekanini bildirgan ekan. Bu rivoyatga ne deysiz? Oybek, Navoiy
-
Baʼzi rivoyatlarga qaraganda farishtalar, jannatdagi Kavsar suvidan qumgʻonlarimizga quyib ketar emish! M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
-
Dengiz, koʻhna rivoyatlardan Bittasini soʻylab ber menga. E. Vohidov, Nido
2. Umuman, ogʻizdagi gap, hikoya.
-
Rivoyat qilishlaricha, Dehlida shoh Akbar hukmronlik qilgan zamonda bir savdogar yashar ekan. Gazetadan
-
Rivoyatlarga qaraganda, baʼzi bir issiq mamlakatlarning odamlari haroratdan darmonlari qurib kun kechirganlar. Gazetadan
3. koʻchma din. Biror masala yuzasidan shariat qonunlari asosida chiqarilgan hukm, xulosa.
-
[Gʻofir qoziga:] Bu qanday zulm sevgan xotinimni zolim boy tortib olmoqchi boʻlsa-yu, menga yordam berish oʻrniga boyning yonini olasiz! Rivoyatlar topasiz! Fatvolar yasaysiz! Hamza, Boy ila xizmatchi
-
Ulamolar Yodgor va unga ergashib kelgan xotinni tosh-boʻron qilish toʻgʻrisida rivoyat yozib, eshon Sultonga berdilar. S. Ayniy, Dohunda
RIVOYAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РИВОЯТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
RIVOYAT so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan RIVOYAT so‘ziga berilgan ma’nolar
rivoyat so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
rivoyat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar