rivoj
bilan ulashing
1. Bir sifat \olatidan ikkinchi, yuqori sifat holatiga oʻtish, oʻsish, yuksalish; taraq-qiyot, ravnaq.
-
Fan va texnika rivoji. Nohaq ishga rivoj yoʻq. Maqol
-
[Safarov:] Xoʻjayin boʻlgandan keyin kishi oʻz xoʻjaligining kam-koʻsti, uning rivoji toʻgʻrisida oʻylaydi, jon kuydiradi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. Oʻsib-unish, ulgʻayish, avj.
-
Paxtaning rivoji yaxshi.
3. Muvaffaqiyat; ravnaq, yuksalish.
-
Bu savdogar [Abdulziyo] ishning rivoji va koʻrayotgan foydalaridan ogʻiz ochmadi. Oybek, Navoiy
-
Doʻstlik boʻlmagan joyda ishning rivoji ham boʻlmaydi. S. Zunnunova, Yangi direktor
-
Senga baxtdan taxt tilarman, Toledan boshingga toj, Mulki husningga omonlik, Toj-u taxtingga rivoj. E. Bolidov, Muhabbat
rivoj soʻzi qatnashgan jumlalar:
Rivoj bermoq
-
Ehtimol, u podshoh ilm-maʼrifatga rivoj berib, ahli fuzaloga mehribonlik koʻrsatar. Mirmuhsin, Meʼmor
Rivoj olmoq (yoki topmoq) yoki rivojga minmoq
-
Soʻzni bilgan zarga boʻlmaydi muhtoj, Zar qimmati topar soʻz bilan rivoj. Aql aqldan quvvat oladi
-
— Muhtaram karvon-boshi, ilohi safaringiz bexatar boʻlsin, savdongiz rivoj topsin, huzuringizga bir iltimos bilan keldim, — dedi bir karvon-boshi ikkinchisiga. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
-
Ha, mayli, ishlaring rivojiga minib, stansiyalaring bitsin. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
-
Tadbirkorlik oʻz-oʻzidan davlat ishtirokisiz, uning yordamisiz rivoj topmaydi. Iqtisodiy nazariya;
-
Bogʻiafzal qishloqlari-da qadimgi zamonlarda bir necha katta boylar boʻlib, ular orasida quldorlik juda rivoj topgan ekan. S. Ayniy, Esdaliklar;
-
Gʻoʻzalar yaxshi rivoj olmoqda;
-
Asriyan ishga qanchalik diqqat bermasin, rivoj topmadi. Shuhrat, Shinelli yillar
RIVOJ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РИВОЖ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
rivoj so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar