risola
bilan ulashing
1. tarixiy Biror kasbga, sohaga va uning tartib-qoidalariga oid kitobcha, yoʻriqnoma, nizomnoma.
-
Temirchilar risolasi. Koʻnchilar risolasi.
-
Miskarlar, tunukasozlar koʻp antiqa gaplarni, har qaysilari oʻzlarining risolalarini yaxshi biladilar. Oybek, Bolalik
2. Ayrim masalalarga bagʻishlangan ilmiy asar, kitob.
-
[Vosifiy:] Rost aytdingiz, shayx Bahlul! Yaxshi nom kitobning husni turur. Kitobxon risolaning nomigʻa qarab sotib olur, mazmunigʻa qarab baho berur. M. Osim, Zulmat ichra nur
-
Baxtiyor hayotning risolasiga Debocha boʻlolgay albatta farzand. S. Abdulla
3. Kichik hajmli kitob, broshyura.
-
Lotin alifbosi haqida risola. Odob-axloq haqida kichik risolalar sotuvda koʻp.
risola soʻzi qatnashgan jumlalar:
Risolaga toʻgʻri kelmaslik
-
Lekin taklif ilgariroq manzirat qilingan, byurodagi torti-shuvdan soʻng esa rad etish risolaga sira toʻgʻri kelmasdi. J. Abdullaxonov, Xonadon
Risoladagi(dek)
-
Qorachadan kelgan epchil Mahkamboy aka maslahat oshlari tepasida turgani uchun, har bir toʻy va maʼraka risoladagidek oʻtardi. M. Osim, Tilsiz guvoh
-
[Direktor Aʼzamga:] Men qizni surishtirdim. Risoladagi qiz Qani, toʻyni qachon qilamiz. Shuhrat, Jannat qidirganlar
-
Moʻjaz favvora, shiypon, uylarning joylanishi — hammasi risoladagidek. T. Malik, Shaytanat
-
Ular oʻzlariga berilgan topshiriqni risoladagidek oʻrinlatishga intilishyapti. Gazetadan
RISOLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РИСОЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
risola so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar