ritm
bilan ulashing
1. Hodisalar va jarayonlarga xos ayrim elementlarning muayyan izchillik, ketma-ketlik asosida takrorlanib, almashinib kelishi va shunday takroriylikning oʻzi.
-
Kishining ruhiy holati va ish qobiliyati muayyan ritmga boʻysunishini odamlar allaqachon payqashgan. Gazetadan
-
Qayerdaki hayot mavjud ekan, oʻsha yerda hayotiy jarayonlarning muntazam ritmi, maromiyligi mavjud. Gazetadan
2. Sheʼriyat, musiqa, raqs, tasviriy sanʼat, meʼmorlik va boshqalar sanʼat turlari shakllarining asosiy jarayoni, tartibi, qonun-qoidasi.
-
Muzikada tovush bilan ritm chambarchas bogʻlangan boʻladi. I. Akbarov, Muzika savodi
-
Sahnada ikki ayol qoʻllarini ritmga moslab, hind raqsi uchun xarakterli boʻlgan maqomda oʻynamoqda. Gazetadan
-
Usullar raqsning ritmlaridir. T. Obidov, Yusufjon qiziq
-
Barmoq vaznida ritm misradagi boʻgʻinlarning soni, miqdoriga, guruhlanib takrorlanishiga bogʻliqdir. Adabiyot nazariyasi
RITM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РИТМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ritm so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan RITM so‘ziga berilgan ma’nolar
ritm so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar