kalava
bilan ulashing
Charxga bir necha marta bir tekis qilib oʻralgan va charxdan chiqarib olib taxlangan bir oʻram ip, ipak.
-
Uch kalava ipak.
-
Ustaxonaga eshik oldidagi arqonga ilingan qizil, sariq, surrang, binafsharang ip kalavalari tagidan bosh egib kiriladi. A. Muxtor, Opa-singillar
-
Rang-barang ipaklarni kalavasidan chiqarib, charxda bir-ikki tovlab oladi-da, koptok qilib oʻrab qoʻyadi. Oydin, Hikoyalar.
kalava soʻzi qatnashgan jumlalar:
Kalava chigallashmoq
-
Sabab va natijalar bir-biri bilan shunday aralashib, shunday chalkashib ketgan ediki, u oqni oqqa, qorani qoraga ajratmoqchi boʻlgani sari, kalava badtar chigallashardi. P. Qodirov, Uch ildiz
Kalavaning uchi
-
Buyruqlar papkasiga qarab baho berib boʻladimi odamga? Nima qilish kerak? Kalavaning uchi bormi? A. Muxtor, Tugʻilish
-
Turgʻun bu chigal kalavaning bir uchi Qodirjonga borib bogʻlanishini sezardi. O. Yoqubov, Togʻ qizi
Kalavasini (kalavasining uchini) yoʻqotmoq
-
Ahmad kalavasini yoʻqotib qoʻygan telbadek anchagacha shaharda kezib yurdi. F. Musajonov, Himmat
-
Bilasizmi, rais amaki, siz kasal boʻlgach, kalavamning uchini yoʻqotib, shunchalik parishon boʻldimki Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
KALAVA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КАЛАВА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kalava so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar