kal
bilan ulashing
1. Terining zamburugʻ kasalligi; koʻpincha, boshning sochli qismi va tirnoq zararlanadi; sochni toʻkib yuboradigan yuqumli teri kasalligi.
-
Kal yuqtirmoq. Kalni davolamoq.
2. Shunday kasalga uchragan kishi.
-
Kallar maxsus shifoxonada davolanadilar.
3. Boshning sochi toʻkilgan yeri.
-
Boshning kalini bekitib yurmoq.
-
-Xayr, mayli, —
-
dedi boshqa bir ishchi, — ularning kal boshlarini miltiq dorisi bilan davolaymiz. S. Ayniy, Qullar
4. Sochi butunlay yoki qisman toʻkilib ketgan kishi.
-
Qalinroq oʻrtogʻim Aʼzam kal hamma kallar singari gapga chechan, qochiriq gaplarni gapirib, mullavachchalarni va hattoki peshqadamlarni kuldirar edi. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
-
Koshkiydi qoracha boʻlib tugʻilgan boʻlsam, koʻrgami, kalgami tegib, sizning taʼnangizni eshitmas edim. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
5. koʻchma Yerning oʻt-oʻlan chiqmay qolgan boʻlagi; taqir.
-
Yerning kali.
6. koʻchma Jun-pati toʻkilib, taqir boʻlib qolgan joy.
-
Poʻstakning kali. Gilamning kali.
kal soʻzi qatnashgan jumlalar:
Kalning nimasi bor? — Temir tarogʻi bor!
Tepa kal, tepakal
-
Saidgʻozi Xoʻjabekovning tepa kaliga boqib, xushomadgoʻylik bilan iljaydi. S. Anorboyev, Oqsoy;
KAL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КАЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kal so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar