og‘ish
bilan ulashing
1. Ogʻmoq 3, 6 feʼlining birgalik nisbati.
-
Ular toʻgʻri yoʻldan ogʻishmadi. Ota-ona kelin tomon ogʻishdi.
-
Otabek Onasining nima boʻlsa ham Margʻilon tarafga ogʻishganini va oʻzining kuchli bir dushmandan qutulayozganini payqadi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Biror tomonga qiyshaymoq, ogʻmoq.
-
Dunyo oʻqi gorizontga ogʻishgan va shuning uchun yoritkichini osmon gumbazining janubiy tomonida hammadan balandroq koʻtariladi. Astronomiya
3. kam qoʻll. Biror tomonga yurmoq, yoʻl olmoq, oʻtmoq.
-
Homid oʻzining najot tomoniga ogʻishganini sezib entikdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
4. sheva Almashmoq, adashmoq, oʻzgarmoq.
-
Kiyimlari ogʻishib qolibdi.
5. sheva Oʻzaro oldi-berdi qilib, bir-biriga qarzdor boʻlmoq, oʻtishmoq yoki oʻtishgan qarz-qurzlarini bir-biriga toʻlab, orani ochiq qilmoq.
-
Shuni aytayotibman-da! Qiynalib qolmang, menda bor, berib turay, keyin ogʻishib ketarmiz. Uygʻun, Soʻnggi pushaymon
OG‘ISH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОҒИШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan OG‘ISH so‘ziga berilgan ma’nolar
og‘ish so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
og‘ish so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing