1. Ikki jagʻ oʻrtasidagi, ovqatlanish, soʻzlash yoki ovoz chiqarish uchun xizmat qiladigan boʻshliq.
Baliqning ogʻzi. Ogʻiz boʻshligi. Odamning ogʻzi.
Yaxshi gap ham bir ogʻizdan chiqadi, yomon gap ham bir ogʻizdan chiqadi. Maqol
El ogʻziga elak tutib boʻlmaydi. Maqol
Yoʻlchi uzumdan bir necha donani ogʻziga tashladi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Ikki lab va ularning bir-biriga tegib turgan joyi va atrofi. Ogʻzidan oʻpmoq.
Gulnorning kichkina chiroyli ogʻzi hayratdan bir nafas ochilib, koʻzlari, rostmi? degan kabi Nuriga tikildi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. koʻchma Soʻzlovchi kishi, odam.
Koʻp ogʻiz bir boʻlsa, bir ogʻiz yengiladi. Maqol
— Ha, barakalla. Shuning uchun bunday gaplarni faqat ogʻizma-ogʻiz, oʻshanda ham faqat sinalgan, ishonchli ogʻiz orqali yetkaziladi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
4. koʻchma Birovning qaramogʻida boʻlgan odam; xoʻranda, nonxoʻr.
U duv-duv yosh toʻkar, qoʻllarini osmonga koʻtarib nola qilardi: — Xudovando! Bu na koʻrgilik? Endi netaman? Toʻqqiz ogʻizni qanday boqaman? S. Siyoyev, Yorugʻlik
Bazzoz pochchaning bekorchi ogʻizga tobi yoʻq edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
5. Miltiq, toʻpponcha, minomyot, zambarak kabi otish qurollarining oʻq otilib chiqadigan teshigi, stvoli.
[Yoʻlchi] Tishini qisirlatib dedi: — Toʻpning ogʻziga qoʻyib otib yuboringlar mani, qonxoʻrlar! Oybek, Tanlangan asarlar
6. Ichki boʻshligʻi, ichi boʻlgan narsalarning kirish-chiqish uchun xizmat qiladigan joyi, teshigi.
Oʻraning ogʻzi. Gʻorning ogʻzi.
Chayla ogʻzida qoʻlida tugun bilan Azizxon koʻrindi. S. Ahmad, Ufq
7. Idishlarning narsa olish-qoʻyish uchun xizmat qiladigan teshigi.
Shishaning ogʻzi.
Boʻrivoy ogʻziga doka oʻralgan sopol koʻzani bilagiga osib, biqiniga qoʻygancha Shirinquduqqa bordi. S. Nurov, Narvon
8. Koʻchaning, yoʻlning boshlanish, kiraverish joyi.
Koʻcha ogʻzi.
Baloning ogʻzi
Besh barmogʻini (yoki panjasini) ogʻziga urmoq
Bir (yoki ikki) ogʻiz gap (yoki soʻz)
— Saylanganidan beri bir ogʻiz hisobotini eshitganimiz yoʻq, — degan gaplar eshitildi. P. Tursun, Oʻqituvchi
[Shirmonjon:] Ashurxon, ishlaringizni keyin qilarsiz. Keling, siz bilan ikki ogʻiz gaplashay, deb keldim. S. Zunnunova, Olov
Bir ogʻizdan
Oʻn nafar chashnachi bir ogʻizdan aʼlo baho qoʻyishdi. K. Mahmudov, Qiziqarli pazandachilik
Gapi (yoki soʻzi)
Bolta muallimning gapi ogʻzida qoldi. Togʻayga olayib qaradi. N. Norqobilov, Toʻqnashuv
Gapi ogʻzidan tushib ketadigan
Gapi ogʻzida qolmoq
Azizxonning gapi ogʻzida qoldi. S. Ahmad, Ufq
Gapini (yoki soʻzini)
Darvoza ogʻzi
Nazarida, xuddi shu darvoza ogʻzida velosiped ustasi borday boʻldi. A. Qahhor, Sarob
Katta ogʻiz
Otasining davlati, katta ogʻiz, hovliqma
takabbur onasining erkalashi qoʻshilib, qizga ortiqcha gʻurur bergan, harakatlariga oʻzboshimchalik, qiliqlariga noz-karashma bagʻishlagan edi. Oybek, Tanlangan asarlar
Olma pish, ogʻzimga tush, deb oʻtirmoq
Oʻzlari ham olma pish, ogʻzimga tush, deb qoʻllarini qovushtirib oʻtiravermasinlar-da, axir. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
Ona suti ogʻziga kelmoq
Bu atlaslarni Otaboydan undirguncha naq Qoʻziboyning ona suti ogʻziga keldi. S. Ahmad, Choʻl shamollari
Ogʻzi bemaza
Ogʻzi bilan ish bitiradigan
Ogʻzi bilanyuradigan
Ogʻzi bormaydi
Ogʻzi botir
Ogʻzi buzuq (yoki yomon)
Ogʻzi boʻsh(lik)
Sevargul choy quyib uzatarkan, ogʻzi boʻshlik qilib qoʻyganiga koʻnglida pushaymon boʻldi. N. Qilichev, Chigʻiriq
Ogʻzi kuygan
Ogʻzi kuygan qatiqni puflab ichadi. Maqol
Toʻgʻrisi, bu ishni u [Yigitali] hech kimga, hatto Safarbarovga ham ishonmadi. Chunki bu borada uning necha marta ogʻzi kuygan. I. Rahim, Zangori kema kapitani
Ogʻzi ochilib qolmoq
Xola labini burib, atrofda ogʻzi ochilib qolgan ayollarga hayrat bilan bir-bir qarab chiqdi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
Eshitib, Gʻuzordagilarning ogʻzi ochilib qoladi. Sh. Toshmatov, Erk qushi
Ogʻzi ochiq
Ogʻzi qulogʻida (yoki qulogʻiga yetdi)
Toʻraning ogʻzi qulogʻida, koʻngli nimadandir taskin topgan edi. N. Fozilov, Diydor. Gʻulomjon ogʻzi qulogʻiga yetib kulardi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
Ogʻziga kuchi yetmagan
Har kim oʻz qahramonligi haqida ogʻziga siqqanicha soʻzlay boshladi. Latifalar
Ogʻziga (yoki ogʻzi)
Shu yerda turib yangi apelsinga hali ogʻzim tekkani yoʻq. S. Ahmad, Yulduz
Ogʻziga urmoq
U-bu deydigan odamning ogʻziga urish kerak. Kim nima desa, men hamma vaqt ogʻziga uraman. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Toʻralarning ogʻziga urish uchun pulni boyvachcha beradi. Mandan nima ketadi. Oybek, Tanlangan asarlar
Ogʻziga qaramoq (yoki tikilmoq)
Sidiqjon yuzlarcha kishi ogʻziga qarab turgan majlisni koʻz oldiga keltirib, juda katta tashvishga qoldi-yu, dami ichiga tushib ketdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Zavodda ishlaydigan mingdan ortiq erkak, shular qatori eri ham oʻshaning [Karomatning] ogʻziga qaraydi. A. Qahhor, Qizlar
Ogʻziga qaratmoq
Umuman, Aʼzamjon boshqalarni ogʻziga qaratishni yaxshi koʻrardi. S. Ahmad, Ufq
Ogʻziga qoqmoq
Ogʻzidagini (yoki ogʻzidagi oshni)
Ogʻzidan gullamoq
Ogʻzing qani desa, qulogʻini koʻrsatadigan
Ogʻzingga yogʻ (yoki moy)
Voy, ogʻzingizga yogʻ, oʻgʻlim! Kelin koʻradigan kunim ham bormikin! A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Ogʻzingga qarab gapir
Ogʻzingizga qarab gapiring, tasqara boʻlib nima qipti! S. Zunnunova, Olov
Ogʻzingdan chiqarma
Boʻlar ish boʻlipti, endi hech kimga ogʻzingdan chiqarma. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Ogʻzini moylamoq (yoki yogʻlamoq)
Ogʻzini poylamoq
Kampir hamon kelinning ogʻzini poyladi, lekin kelindan hech bir hasrat qiladigan gap chiqmadi. Oydin, Mardlik — mangulik.
Ogʻzining suvi kelmoq
Ogʻzining tanobi qochmoq
Toʻpaniso, oʻzi haqidagi maqtovga kelganda, ogʻzining tanobi qochib: — Men nima qilibman? Menda nima gap? Hech-da,— dedi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Ogʻiz birlik
Davlat — ogʻiz birlikda. Maqol
Ogʻiz bogʻlar
Ogʻiz juftlamoq
Opa bir-ikki marta gapga ogʻiz juftladi-yu, gapirolmadi. S. Ahmad, Ufq
Ogʻiz koʻpirtirmoq
Ogʻiz ochmoq
Mulla Abdurahmon yana ogʻiz ocholmadi. Chunki Safar boʻzchi kitob soʻzi bilan uni yengib qoʻydi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Ogʻiz solmoq
Endi kimga ogʻiz solsang, gʻiring demay tegishi aniq. S. Ahmad, Yulduz
Toʻgʻri soʻzlab, men gapirdim yuzingga, Ogʻiz soldim uyda turgan qizingga. Yodgor
Ogʻizga olmoq
Asli meni [ichishga] xoʻjayin oʻrgatdi. Ilgari bir qatra ogʻzimga olmas edim. Oybek, Tanlangan asarlar
Orada bir necha kun oʻtdi — Muhammadrajab jim, Mirzamuhiddinni ogʻziga ham olmadi. A. Qahhor, Sarob
Ogʻizga tushmoq
Abdumalikning asarlari Moskvadagi sanʼatshunoslar orasida ham rostmana ogʻizga tushdi. Yoshlik
Men bu sirni shu choqqacha ichimda saqlab kelayotgan edim, endi aytmasam boʻlmaydi, chunki bu mish-mish ogʻizga tushib borayotipti. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Ogʻizda
Ayniqsa bu kolxozda musobaqa ogʻizda, qogʻozda. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
Ogʻizdan ogʻizga koʻchmoq (yoki oʻtmoq)
Oʻzbek xalq ertaklari ogʻizdan ogʻizga oʻtib, asrlar boʻyi saqlanib kelmoqda. Qimmatbaho toshlar haqida qadim zamonlarda toʻqilgan gʻaroyib afsonalar hamon ogʻizdan ogʻizga oʻtib keladi. Fan va turmush
Yoʻldosh ota kela-yotibdilar, degan gap ogʻizdan ogʻizga oʻtdi. S. Ahmad, Ufq
Oqsoqolning qanday ajoyib tomoshalarni koʻrgani, qanday mehmonxonaga tushgani toʻgʻrisidagi gaplari quloqdan quloqqa, ogʻizdan ogʻizga oʻtdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
Ellik ogʻiz gap (yoki soʻz)
Elakka chiqqan xotinning ellik ogʻiz gapi bor. Maqol
ogʻizi (3-shaxs birlik) Yangi tugʻgan sigirning uch-toʻrt kunli sutini yigʻib pishirilgan pishloqsimon taom.
Ertalab Tozagul mehmon opani yangi tuqqan sigirning ogʻizi va oʻgʻirdan issiqqina chiqqan oqishoq tolqon bilan siyladi. H. Gʻulom, Mashʼal
Birinchi sut — ogʻiz boʻladi, Sedanadan magʻiz boʻladi. Gʻ. Gʻulom, Tanlangan asarlar
Ogʻiz suti
OG‘IZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОҒИЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.
Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.
Batafsil Izoh.uz loyihasi haqidaTVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.
TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.
O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.
Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.
DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.
DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.
Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.
Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!
Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).
Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).
Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!
Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!
Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.
Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.
O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.
Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.
O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.
С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.
O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.
Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.