qo‘yin
bilan ulashing
1. (3-shaxs birlikda — qoʻyni)
2. 1 Koʻkrak va uni yopib turgan kiyim orasidagi joy.
-
Daftarlarini qoʻyniga soldi. Qoʻyniga tiqdi.
-
Qoʻynida noni borning qorni toʻq. Maqol
-
Boʻtaboy qoʻynidagi gazetalarni olib, otboqarga berdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
[Usta Olim] Qoʻynidan maktublarni chiqarib, bittasini qutidorga uzatdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
3. koʻchma Quchoq, ogʻush.
-
Tabiat qoʻynida yayramoq. Ona qoʻyniga kirmoq.
-
Anzirat xolaning qoʻynida yotgan bola toʻsatdan qichqirib yubordi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Botirali derazadan sakrab chiqib, bogʻ qoʻyniga otildi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Normat blindaj tepasiga chiqib, zulmat qoʻyniga qaradi, diqqat bilan quloq soldi. I. Rahim, Chin muhabbat
qo‘yin soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qoʻyin daftari
-
Shoir shoshib, yonidan qoʻyin daftari bilan qalam chiqardi. A. Qahhor, Kartina
Qoʻyin choʻntak
-
Rayhonbibi nikoh qogʻozini olib, qoʻyin choʻntagiga suqdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
Qoʻynini puch yongʻoqqa toʻldirmoq
QO‘YIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚЎЙИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qo‘yin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar