madaniy
bilan ulashing
1. Madaniyatga oid, madaniyat, ilm-maʼrifat bilan bogʻliq, madaniyat sohasidagi.
-
Madaniy inqilob. Madaniy ehtiyojlar. Madaniy meros.
-
Korxonada yoshlar oʻrtasida madaniy tadbirlar koʻplab oʻtkaziladi. Gazetadan
2. Madaniyatli, madaniyatni egallagan; madaniyatga erishgan, madaniyat talablariga javob beradigan.
-
Madaniy odam. Madaniy oila. Madaniy qishloq. Madaniy hayot.
-
Koʻpchiligi ularga yoqdi xushmuomala, madaniy odamlar ekan. Tanish basharalar
-
Muzey, teatrlarga qatnayman tez-tez Madaniy boʻlsin-da bu uch zumrashang! A. Muxtor.
3. q. h. Kishi qoʻli, mehnati bilan ekiladigan, yetishtiriladigan.
-
Madaniy ekinlar. Madaniy landshaft.
-
Madaniy oʻsimliklar yetishtiriladigan tuproq togʻ jinslaridan oʻzining unumdorligi bilan farq qiladi. Fan va turmush
-
Bizning moʻtadil iqlimimizda asalarilar yovvoyi va madaniy holda koʻplab uchraydi. M. Toʻychiyev, Asalarichilik
MADANIY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МАДАНИЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
madaniy so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar