diydor
bilan ulashing
1. Kishining yuzi, jamoli, ruxsor; bashara.
-
Azizxon hech kimning Lutfiniso diydoriga toʻyib qarashini istamasdi. S. Ahmad, Ufq
-
Sakkiz oydan beri endi koʻrib oʻtiribman diydoringizni. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
-
Koʻzim ololmayman gul diydoringdan, Tolgan yuraklarga jon boʻlur payvand. Mirtemir, Asarlar
2. koʻchma Uzoq ayriliq, sogʻinchdan keyin koʻrishish, uchrashish.
-
Xat — yarim diydor. Maqol
-
Ayriliklarni koʻraverib zada boʻlgan yuraklar bu kutilmagan diydordan larzaga tushdi. Sharq yulduzi
3. koʻchma Mehribonlik, gʻamxoʻrlik.
-
Nima qilasiz goʻdakni ota diydoridan mahrum qilib. S.Ahmad, Ufq
-
Doʻstlar diydoridan ortiq quvonch, firoqidan ortiqroq gʻam yoʻq. Gazetadan
diydor soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bola(yoki gul, mol) bahona, diydor gʻanimat
-
Soddasiz, sarkor, soddasiz! Bola bahona, diydor gʻanimat, degan gapni eshitganmisiz? Uygʻun, Asarlar
-
Mol bahona, diydor gʻanimat qilib, koʻrishib olardim. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
Diydor koʻrishguncha
-
— Diydor koʻrishguncha, — dedi u sekin. Sh. Toshmatov, Erk qushi
-
Xayr endi, bahorim, koʻrishguncha to diydor. A. Oripov, Yillar armoni
Diydor koʻrishmoq
-
Diydor koʻrishar kun yaqin. Ammo hujum qilayotir dilimga firoq. T. Toʻla
-
Biz Soʻnagul bilan necha bor vidolashib, necha bor diydor koʻrishdik. A. Muxtor, Asarlar
-
Joʻraxonning aytayotgan ashulasi baxt haqida, muhabbat haqida sevgilisi bilan diydor koʻrishishni istab, sogʻinib yurgan yigitning visol orzulari haqida edi. T. Rustamov, Mangu jasorat
-
Ona yolgʻiz oʻgʻli bilan diydor koʻrisha olmadi. Gazetadan
Diydor koʻrsatmoq
-
Bir koʻrsatib gʻamza bilan diydor oʻzing, Lutfu karam qilding kulib izhor oʻzing. Habibiy
Diydor ochmoq
-
Toʻylar muborak, e sevgili yor! Keldim yiroq-din, och menga diydor. S. Abdulla
Diydor — gʻanimat!
-
Odam — omonat, diydor — gʻanimat. Maqol
Diydor qoʻshmoq
-
Diydor qoʻshsa, qiyomatda koʻrgaymiz. Xoldorxon
Diydori oʻchsin (yoki qursin)
-
Qora chirogʻingni oʻchir, diydori qursin! Uygʻun, Asarlar
-
Tannozxon! Diydoring oʻchsin sening! N. Safarov, Tanlangan asarlar
Diydoriga zor boʻlmoq
-
Lekin faqat diydoringga boʻlib zor Toʻplanishdik, hamma ortiq beqaror. H. Olimjon
Diydoriga muyassar etmoq (yoki qilmoq)
-
Oxiri oʻz diydoriga muyassar qilgan qutlugʻ va sharofatli kun keldi. Shuhrat, Shinelli yillar
Diydoriga toʻymoq
-
U qancha-qancha termilsa ham, erining diydoriga toʻya olmasdi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Voy bolam-ey, kelganingdan beri koʻchadan kirmaysan, bundoq birpasgina diydoringga toʻyib gaplasholmayman. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
Qiyomat diydor boʻlmoq
-
Nuraliman, qon yigʻlayman zor-zor, Otam qoldi ushbu ishdan bexabar. Shu sababdan boʻldim qiyomat diydor. Zulfizar bilan Avazxon
DIYDOR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДИЙДОР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
diydor so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar