diydiyo
bilan ulashing
1. Xotinlar oʻrtasida oʻqiladigan, aytiladigan diydiyo radifli sheʼr yoki shoʻx lapar turi.
-
— Oradan yarim soat oʻtar-oʻtmas diydiyo oʻqib, xotinlarni yigʻlatib oʻtirgan darvishning qoʻlini orqasiga bogʻlab, iyagiga yelim bilan yopishtirib olgan uzun soqolini yulib tashladik, — dedi Hoshimjon. X. Toʻxtaboyev, Sariq devni minib
-
— E, Saltanat otin, koʻchada ham diydiyo oʻqib qolibsiz? — dedi Bashorat. B. Rahmonov, Yurak sirlari
2. koʻchma Dard-hasrat; xarxasha, injiq-lik.
-
Binafshaxon hamon diydiyo qilmoqda edi. M. M. Doʻst, Galatepa qissasi
-
Diydiyosi jonimga tegdi. Baʼzida kutayotganim Yosuman aslida shu emasmi, deb oʻylab qoʻyaman. B. Rahmonov, Yurak sirlari
-
Otamurod chuqur tin oldi: xudo berdi unga. Boshlanadi endi. Rosa diydiyosini aytadigan boʻldi. M. Mansurov, Yombi
-
Sherbek onasi oʻzini kutayotganini payqab kulimsiradi: yana oʻsha eski diydiyo — qachon uylanasanni boshlasa kerak, deb koʻnglidan oʻtkazdi. S. Anorboyev, Oqsoy
3. koʻchma Quruq gap, safsata; vaʼz-nasihat.
-
Rahmat, Esonboy, diydiyo eshitishga toqatim yoʻq. Sh. Xolmirzayev
-
Har xil mish-mish, diydiyolarga quloq solgan ham ahmoq, bunaqa mayda gaplarni uyga tashib kelgan ham ahmoq. S. Nurov, Narvon
DIYDIYO so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДИЙДИЁ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
diydiyo so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar