diyda
bilan ulashing
aynan Koʻz 1. Boshi aylanib, koʻzi tindi.
-
Toʻshakka behol choʻzildi. Diydasini yosh bosdi. S. Siyoyev, Avaz
-
Yusuf bilan Ahmadbekning diydasi namlandi. Yusuf va Ahmad
-
Oʻng qoʻlidagi dastroʻmoli bilan diydasini artdi. S. Karomatov, Soʻnggi barxan
diyda soʻzi qatnashgan jumlalar:
Diydam ustiga
-
Sizning bilan boʻlsin endi davronim, Diydamning ustiga, aziz mehmonim. Shirin bilan Shakar
-
Qoʻygan qadamlaring diydam ustiga. Ravshan
Diydasi boʻsh
-
Toʻgʻri, biz xotinlarning diydamiz boʻshroq boʻladi, baʼzan yigʻi yurakni boʻshatadi. Shuhrat, Shinelli yillar
Diydasi yumshamoq
-
lekin Xalil boboning diydasi yumshamadi. Yoshlik
Diydasiqattiq
-
Men erkaklarning diydasi qattiq boʻladi, deb eshitar, oʻzim ham shunga ishonar edim. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
-
Sen oʻzingni yetimcha qilib koʻrsatmay qoʻya qol, diydamiz qattiq, yigʻlatolmaysan. A. Muxtor, Chinor
-
Rahmatli onasining diydasi qattiq emasdi. Yoshlik
Diydasi qotmoq (yoki qotib qolmoq)
-
Oʻshanda oʻlimni koʻraverib, diydasi qotib qolgan ekanmi A. Muxtor, Opa-singillar;
-
Yigʻlayverib, diydasi qotib ketdi. S. Ahmad, Ufq;
-
Bunday qosh-qovoq qilib, hadeb eringning jigʻiga tegaverma. Diydasi qotib, uyidan beziydi. S. Nurov, Narvon
Nuri diyda, nuridiyda
-
Ona nuri diydasi va jigar-porasi Normatni juda sogʻinganini yozgan edi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Qoʻzichogʻim, alla, Nuri diydam, alla. Boychechak
Obi diyda, obidiyda
-
Bu gapni kallangdan chiqar, sen menikisan, obi diydani yigʻishtir! A. Muxtor, Asarlar
-
Alqissa, obidiyda qilib, padarga javob berdimki: nima qilsalar, sohibi ixtiyor oʻzlaridirlar. A. Qodiriy, Kalvak mahzumning xotira daftaridan
DIYDA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДИЙДА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
diyda so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar