diyonat
bilan ulashing
1. Vijdon, vijdonlilik, insof.
-
Diyonati yoʻq odam
-
Boy deganda diyonat boʻlarmidi. S. Karomatov, Bir tomchi qon. Jamshid
-
Begimkulovga insof, uning xoʻjayiniga diyonat tilab, xonadondan chiqdi. Yoshlik
-
Dunyoda diyonat hali mavjuddir, hali mard yigitlar yashab yuribdi. A. Oripov, Yillar armoni
-
Uning rahbarligida barpo etilayotgan mustaqil oʻzbek davlati uch zabardast asosda — diyonat, adolat va intizom negizida qad koʻtarmoqda. Gazetadan
2. Diniy qonun-qoidalarga qattiq rioya etish; dindorlik, taqvodorlik.
-
Boʻtam, moʻminlar Muhammad yoʻlidan chiqib ketyapti. Xotinlarda diyonat qolmadi. S. Ahmad, Hukm
-
Menda boshqalarning oʻgʻlini darraga yotqizish chogʻida koʻndalang keladigan vijdon bor, din bor, diyonat bor. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Islom dini — bu ota-bobolarimizning dini, u biz uchun ham imon, ham axloq, ham diyonat, ham maʼrifat ekanligini unutmaylik. Gazetadan
diyonat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Diyonatini yutmoq
DIYONAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДИЁНАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
diyonat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar