diyor
bilan ulashing
1. Mamlakat, yurt, oʻlka.
-
Hur diyor. Ona diyor.
-
Bektemirga notanish qandaydir qushlar gala-gala boʻlib, allaqaylarga, goʻzal, issiq diyorlarga safar qiladilar. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Diyorimizda bir-biridan goʻzal, orombaxsh va shifobaxsh maskanlar juda koʻp. Gazetadan
2. Yashash joyi, maskan.
-
Choʻponlar diyorida odamning qadri nihoyatda baland ekanini hirotliklar payqab oʻtirishardi. Mirmuhsin, Meʼmor
3. koʻchma Biror narsa koʻp boʻlgan, koʻp yetishtiriladigan joy.
-
Tilda doston Fargʻona— Ipak paxta diyori. Yo. Mirzo, Oʻgʻil mehri
4. koʻchma Olam, borliq; quchoq, bagʻir.
-
U yoshlik chogʻidanoq mehnat diyoriga kirdi. Gazetadan
-
Uning xayoli sirli, yashirin zavqlar diyoriga uchdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Eh, naqadar axir bepoyon Sukunat deb atalgan diyor. R. Parfi, Koʻzlar
5. Diyor (erkaklar ismi).
DIYOR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДИЁР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
diyor so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar