dong
bilan ulashing
3-sh. birl. (dongʻi) Shon-shuhrat, dovruq, mashhurlik.
-
Yolgʻiz otning changi chiqmas, changi chiqsa ham, dongʻi chiqmas. Maqol
-
Johillikdan jon chiqar, Qobillikdan dong chiqar. Maqol
-
Gulraʼnoning boʻyi yetib, dongʻi butun qishloqqa tarqaldi. O. Yoqubov, Ota izidan
-
Oltin kuzimiz oʻzining saxovati bilan olamga dong taratgan. Gazetadan
dong soʻzi qatnashgan jumlalar:
dong qotib uxlamoq yoki dong qotmoq
-
Yoʻl azobi xiyla toliqtirgan ekan, dong qotib uxlab yotsa, oʻgʻli kirib uygʻotibdi. H. Nazir, Oʻtlar tutashganda
-
Boshi yostiqqa tegishi bilan dong qotib uxlab qoldi. S. Ahmad, Ufq
-
Nozima yostiqni ushlagancha dong qotdi. Yoshlik
Dong qotib qolmoq
-
Munisxon nima qilishini bilmay, dong qotib qoldi. A. Qahhor, Sarob
-
Temur Malik bu gaplarni eshitgach, dong qotib qoldi. Mirmuhsin, Temur Malik
Vyetnam Sotsialistik Respublikasining pul birligi.
DONG so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДОНГ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dong so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar