dod
bilan ulashing
1. undov so‘z Ruhiy yoki jismoniy azobga chiday olmay chiqarilgan qattiq tovush; baqiriq, faryod.
-
Dod! Voydod! Kimsanoy, sen oʻlguncha men oʻlsam boʻlmaydimi, bolam! A. Obidjon, Akang qaragʻay Gulmat
-
Bu yurakni siqadigan jimlikdan u dod! deb yuboray dedi. S. Ahmad, Ufq
-
Ertalab juda yomon ahvolga tushdi: uyning u boshidan bu boshiga dod deb yumalaydi. A. Qahhor, Asarlar
2. Xavf-xatardan yoki qoʻrquvdan yordamga chaqirib chiqarilgan qattiq ovoz; baqiriq.
-
Dod solmoq.
-
Dod! Dod, odamlar, kelinglar! Dod, bek oʻziga oʻt qoʻydi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Qiz hozir boshiga qop kiydirilishini bildi-yu, bor ovozi bilan dod solib qichqira boshladi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
— Dod! Voydod! Qaroqchilar bosdi! — dovon orqasidan ikki xotin faryod koʻtarib chiqdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
-
Hozir behisob tuyoqlar ostida qolib yanchilishini sezdi-yu, dod solib qichqirdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
3. koʻchma Yomon nom, yomonlik, yovuzlik.
-
Dod qoldirma, ot qoldir. Maqol
-
Yaxshidan ot qoladi, Yomondan — dod. Maqol
4. koʻchma Adolatsizlik yoki azob-uqubatdan nolib qilingan ogʻzaki yoki yozma arz, shikoyat, figʻon.
-
[Domla Gʻofirga:] Qani, dodingni ayt, nima doding bor? Hamza, Boy ila xizmatchi
-
Aziza dodini kimga aytishini bilmay, qon-qon yigʻladi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
dod soʻzi qatnashgan jumlalar:
Dastidan dod (demoq)
-
Jizzaxda mollaridan ayrilib, oʻgʻrilar dastidan dod deb yurganlar anchagina. Mushtum
-
Dod bu rashkchi erning dastidan. S. Ahmad, Yulduz
-
Dod! Zolim kelinning dastidan dod! A. Qahhor, Asarlar
Dodiga yetmoq, dodiga quloq solmoq yoki dodini eshitmoq, tinglamoq
-
Podshohga arzga borsangiz, dodingizga yetmasmikin, mulla togʻa? P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Dodini tinglaydigan murabbiy topolmasdi. K. Yashin, Hamza.
Dodingni xudoga ayt!
-
— Akang aylansin, Sidiqjon, endi dodingni xudoga ayt! Na oʻzingga qilding, na manga. N. Safarov, Tanlangan asarlar
Dodini bermoq
-
Unaqa muttahamning dodini berib qoʻyish kerak. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
-
Siz yigitlarning dodini beradigan qizsiz sizga oʻnlab yigit maftun boʻlishi mumkin. P. Qodirov, Qalbdagi quyosh;
-
Buni minsang, aka, yoʻlli boʻlasan, Qalmoqlarning juda dodin berasan. Alpomish
-
Koʻp devlarning dodin bergan Goʻroʻgʻli, Avazxonga rahbar boʻlgan Goʻroʻgʻli. Malikayi ayyor.
DOD so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДОД so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dod so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar