dodla
bilan ulashing
1. Ruhiy yoki jismoniy azobga chiday olmay, qattiq ovoz chiqarmoq, baqirmoq.
-
Xotin kishining dodlagani, erkak kishining soʻkingani eshitildi. U. Usmonov, Sirli sohil
-
Mening biqinimda oskolka borligini bilardi, dodlab yuboradi, deb oʻyladi shekilli. A. Muxtor, Asarlar
2. Qattiq ovoz chiqarib yigʻlamoq, faryod, nola qilmoq.
-
Kampir dodlaganicha borib, oʻgʻlining oʻligi ustiga oʻzini tashladi. A. Qahhor, Oltin yulduz
-
Sanobar xola soch yulib dodladi, yigʻladi, siqtadi. S. Zunnunova, Olov
3. Yordamga chaqirib dod solmoq.
-
Dodlab qochar ekan, yiqildi. Yoshlik
-
Dodlab, yordamga chaqirishga shahzodaning izzat nafsi yoʻl qoʻymasdi. M. Osim, Ibn Sino qissasi
DODLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДОДЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dodla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar