dodxoh
bilan ulashing
1. eskirgan, kitobiy Adolat talab etuvchi, adolat istovchi, daʼvogar.
-
Nima deb amr etsam, shuni qilinglar, Huroyim ustidan dodxoh boʻlinglar. Rustamxon
2. tarixiy Buxoro xonligida adolat, haq-huquq istovchilardan amir nomiga ariza qabul qiluvchi va uning javobini arzchilarga yetkazuvchi lavozimli kishi.
-
Rayimbek dodxoh edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Gulchehra davlatxonaga kirib, miroxoʻr, toʻqsabo, dodxohlarni chaqirdi. Erali va Sherali
3. tarixiy Qoʻqon xonligida qozixona ishlari ustidan nazorat olib boruvchi amaldor.
4. tarixiy Oʻtmishda Fargʻona vodiysi va Toshkentda mingboshi va boshqa baʼzi amaldorlarni ulugʻlash uchun ishlatilgan suz.
-
Dodxohim, dodxohlik senga xos. Porasiz oʻtmas senga yuz iltimos. Muqimiy
-
— Ha, shoshmang, darvoqe, mingboshi dodxoh yordam bermasmikinlar? Hamza, Boy ila xizmatchi
DODXOH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДОДХОҲ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dodxoh so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar