anjom
bilan ulashing
1. Uy-roʻzgʻor narsa-buyumlari, asboblariga tegishli narsa.
-
Torroq boʻlsayam uy-joy, anjomlarimiz bor. S. Nurov, Narvon
-
Anjomini tuyaga ortdi, Bola-chaqa, kuchuklari hech qolmayin chiqib ketdi. Yusuf va Ahmad
2. Har qaysi sohaning oʻziga xos narsalari, kerak-yarogʻlari; asbob-qurollar.
-
Yoʻl anjomlari. Urush anjomlari. Harbiy anjomlar. Oʻquv anjomlari.
-
Mana shu ziraklar, pardoz anjomlari solingan chamadonimni koʻtarib, oʻttiz yil qishloqma-qishloq kezdim. S. Zunnunova, Olov
-
manam dunyoyi boumid Ahmadxoʻjam bilan Hamzaxoʻjamga bisot yigʻib, toʻy anjomlarini butlab qoʻyganman. N. Safarov, Olovli izlar
-
Yevropada bezorilik anjomlari muzeyi ilk bor Vengriya poytaxtida ochildi. Gazetadan
ANJOM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АНЖОМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
anjom so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar