to‘qi
bilan ulashing
1. Toʻqima gazmol yoki buyum yasamoq, tayyorlamoq.
-
Chit toʻqimoq. Paypoq toʻqimoq. Zambil toʻqimoq. Toʻqilgan roʻmol. Mulla bilganin oʻqir, Boʻzchi bilganin toʻqir. Maqol
-
Ellikboshi mayin toʻqilgan chakmonini yechdi, tuxumday silliq va oppoq sal-lasini olib, qoziqqa ildi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Oʻzing toʻqib ketgan katta savatda Toʻlatib shaftoli uzib chiqaman. Gʻ. Gʻulom
2. koʻchma Ijod etmoq, yozmoq; bastalamoq.
-
Sheʼr toʻqimoq. Qoʻshiq toʻqimoq.
-
Soʻzini oʻzim yozganman, ohangini Anorxon toʻqidi. I. Rahim, Ixlos
-
Voy, u chalgan dutorni, toʻqigan gʻazallarni eshitsangiz! M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Sanʼatkor faqat qiziqchiliklarnigina emas, balki kichik kulgili hikoyalarni ham toʻqirdi. T. Obidov, Yusufjon qiziq
3. koʻchma Yoʻq yerdan oʻylab chiqarmoq; soʻqmoq, uydirmoq.
-
Gap toʻqimoq. Igʻvo toʻqimoq. Bilgan oʻqir, bilmagan toʻqir. Maqol
-
Hammasi boʻlgan gapda. Boʻlmasa, yolgʻonni shunday toʻqib boʻladimi-ya, oʻrtoq Doʻsmatov? P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Ming bir kechaning Shahrizodasi afsona toʻqib, oʻlimdan qutulib qolganday, Muxtorxon ham yuqoridagi singari rivoyatlar panohida omon yuribdi. H. Gʻulom, Mashʼal
TO‘QI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЎҚИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
to‘qi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar