to‘qim
bilan ulashing
1. Jazliq yoki egar ostiga qoʻyiladigan, odatda kigizdan qilinadigan ot-ulov abzali.
-
Kigiz toʻqim. Eshakka — toʻqim, odamga — libos. Maqol
-
Oqtoyning ustida eski olacha koʻrpachadan toʻqim, suyak Qoshi uchib ketgan egar, qandaydir darvoza halqasi ilingan uzangi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
-
Soqi darhol Sariq samanga yakka toʻqim solib, juganlab, minib chiqib ketdi. Boʻtakoʻz
2. sheva Tandir yoki oʻchoqning namat yoki matodan qilingan yopigʻi.
3. koʻchma (3-shaxs egalik qoʻshimchasi bilan) Kiyinish va boshqalar jihatdan qiyofasi.
-
Qarasam, toʻqimi oʻzgargan: qoshlarida oʻsma, koʻzlarida surma boʻynini doka bilan bogʻlab olibdi. “Nima qildi, tomogʻing ogʻridimi? desam, Eshik qisib oldi, deb xir-xir kuladi. A. Qahhor, Asarlar
-
Azimxoʻjayev katta koʻchaning ogʻzida tursa, toʻqimi boshqacharoq bir juvon kelaverdi. Shuhrat, Jannat qidirganlar
to‘qim soʻzi qatnashgan jumlalar:
Toʻqim urmoq
-
Toyga toʻqim urmoq;
-
Yer — sizniki, deganimiz sizga toʻqim urganimiz boʻladimi hali? A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Toʻqim tabiat
-
Dunyoda eng azob tirikchilik — qalbi nursiz, shuursiz, toʻqim tabiat kishilar bilan birga ishlash va muloqotda boʻlishdir. N. Qobil, Unutilgan sohillar
TO‘QIM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЎҚИМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
to‘qim so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar