to‘qima
bilan ulashing
1. sifatdosh Toʻqib yasalgan, toʻqilgan.
-
Shavkat Zokir bilan indamay koʻrishdi-da, toʻqima stulni chetroqqa surib oʻtirdi. P. Qodirov, Uch ildiz
-
Toʻqima shlyapa kiygan Raʼno onasining koʻziga boshqacha koʻrinib ketdi. H. Nazir, Choʻl havosi
2. ot. maxs. Gazmol, gazlama.
-
Shoyi toʻqimalar. Toʻqimalar vistavkasi.
3. ot biol. Oʻzaro bogʻlangan va organizm-da belgili bir hayotiy vazifani bajaradigan hujayralar tizimi.
-
Nerv toʻqimalari. Suyak toʻqimalari.
-
Darvoqe, ogʻriqqa chidamli va chidamsiz hujayralar hamda toʻqimalar boʻladi. Fan va turmush
4. ot ad. Badiiy asarning asosiy mazmunini va undagi qahramonlarning xarak-terini ochib beradigan, oʻzaro uzviy bogʻlangan voqea-hodisalar majmui, toʻqilma, syujet.
-
Uygʻur postanovkaga xalq shoiri — bayonchi rolini kiritdi, bayonchi har bir koʻrinish oldidan, tinglovchilarga voqea-hodisalar, Farhodning sarguzashtlari toʻgʻrisida soʻzlab berib, pyesa toʻqimasini toʻldirib bordi. H. Nosirova, Men oʻzbek qiziman
5. sifatdosh Yoʻq yerdan toʻqib, oʻylab chiqarilgan; uydirma.
-
Toʻqima gap. Toʻqima obrazlar.
-
Uni oʻqib, dastlab koʻplar hayratga tushgan, bu voqeani shunchaki toʻqima, fantaziya deb oʻylagan edi. U. Normatov, Talant tarbiyasi
-
Afsuski, ssenariy mualliflari va postanovkachi-rejissyor ijodiy toʻqimaga haddan ziyod oʻrin berib, qahramon boshidan kechirgan chinakam real jangovar epizodlar oʻrniga, toʻqima, yasama holatlar kiritishgan. S. Xoʻjayev, Oʻzbek tarixiy filmlari
TO‘QIMA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЎҚИМА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
to‘qima so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar