to‘q
bilan ulashing
1. Ovqatga boʻlgan talabini, nafsini qondirib, toʻyib ovqatlangan, ovqat yeb olgan.
-
Toʻq bola. Toʻq mollar. Qorni toʻqning qorni ochdan xabari yoʻq. Maqol
-
Taomni tugatib, qizlar toʻq va shod, qoʻshnilarnikiga, dugonalarinikiga koptok oʻy-nagani chiqib ketdilar. Oybek, Nur qidirib
2. Hech narsadan muhtojligi yoʻq, yegulik-ichgulik bilan yaxshi taʼminlangan.
-
Toʻq xoʻjalik.
-
Goʻroʻgʻli oʻzbek-turkman elini boqib, ochiga non berib, toʻqidan zakot olib yota berdi. Nurali
-
Turmush ogʻir, qimmatchilik, hammasi oʻzingizga maʼlum. Toʻqlarning ishi yoʻq, dardimiz koʻp. Oybek, Bolalik
3. Magʻzi, hosili yetarli boʻlgan; toʻliq, boʻliq, boʻlali.
-
Toʻq yongʻoq. Toʻq pilla.
-
Koʻragi moʻl, tolasi pishiq, chigiti toʻq boʻlsin desang, shunday [barvaqt harakat] qil. N. Safarov, Sohib changal
-
Don yetilishi kechikdi, don toʻq boʻlmadi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
4. koʻchma Kerakli narsa, moddalar bilan toʻyingan; baquvvat, kuchli.
-
Yer juda toʻq, shu sharbatni hazm qilsayam hali Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
5. Qoraga yoki umuman quyuq rangga moyil, quyuq (rang, tus haqida).
-
Toʻq rang. Toʻq qizil duxoba.
-
Osmon toʻq sariq bulut bilan qoplangan edi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Endi koʻrsam miltiqning oʻqidek, pushti gulning toʻqidek kelinim bor ekan. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
to‘q soʻzi qatnashgan jumlalar:
Toʻq tutadigan
-
Odamni toʻq tutadigan xushboʻy va shirin Toshkent sovgʻalarini maza qilib yedik. M. Muhamedov, Qahramon izidan
Koʻzi toʻq
-
Xudoga shukur, och boʻlsak ham, koʻzimiz toʻq. N. Safarov, Navroʻz
Koʻngli toʻq
-
kuyov yigit toʻgʻrisida ham Nurining koʻngli toʻq edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Qorni toʻq odamning koʻngli toʻq boʻladi S. Siyoyev, Yorugʻlik
(Mendan) qorningiz toʻq ekan
-
Men ham xuddi shuni aytay deb turgan edim, mendan qorningiz toʻq ekan.
TO‘Q so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЎҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
to‘q so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar