madaniyat
bilan ulashing
1. Jamiyatning ishlab chiqarish, ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy hayotida qoʻlga kiritgan yutuqlari majmui.
-
Bugungi Toshkent — yirik sanoat, fan va madaniyat markazlaridan biri. Saodat
-
Alifbo — inson hayotining, inson kamolining eng buyuk ijodiyoti; jahon madaniyati, butun ilm, oʻlmas badiiy, falsafiy, axloqiy boyliklar shu harflarga asoslangan. K. Yashin, Hamza
2. Biror ijtimoiy guruh, sinf yoki xalqning maʼlum davrda qoʻlga kiritgan shunday yutuqlari darajasi.
-
Musiqa madaniyati. Nutq madaniyati.
-
Har ikki yilda oʻtkazilayotgan bu kinoforum unda qatnasha-yotgan mamlakatlar kino madaniyatida katta voqea boʻlayotir. Gazetadan
-
Islom madaniyatini rivojlantirishga katta Hissa qoʻshgan muhtaram zotlarning nomlari butun olamga mashhur. K. Yashin, Hamza
3. Oʻqimishlilik, taʼlim-tarbiya koʻrganlik, ziyolilik, maʼrifat.
-
Madaniyatdan orqada qolmoq. Madaniyatga erishmoq.
-
Odamlarning xulq-atvori, madaniyati ana shu boyliklarga, xususan, nota boʻlgan munosabati bilan oʻlchanadi. Gazetadan
-
Tarbiyachi soʻz bilan taʼsir qilish madaniyatini egallashi zarur. Fan va turmush
4. Madaniyatli shaxs talablariga javob beruvchi sharoit.
-
Deputatning xalq farovonligini oshirish, turmush madaniyatini yuksaltirish borasidagi ishlaridan mehnatkashlar mamnun. Gazetadan
5. q.x. (Oʻsimlik yoki ekinning turlarini) yetkazish, oʻstirish, yetishtirish.
-
Xususan, dehqonchilik madaniyati bobida ilgarilab ketdi ular. N. Hayitqulov, Yer tafti
MADANIYAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МАДАНИЯТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
madaniyat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar