og‘irlash
bilan ulashing
1. Vazni, ogʻirligi oshmoq, ogʻirroq boʻlib qolmoq, ogʻir tortmoq; vazminlashmoq; koʻpayib bormoq.
-
Yogʻoch boʻkib, ancha ogʻirlashdi. Mashinaning yuki ogʻirlashib ketdi.
-
Qordan kichkina yumaloq yasab, dumalata-dumalata, oʻz boʻylaridan baland katta kurra yasaganlar. U juda ogʻirlashgan. Oybek, Tanlangan asarlar
2. koʻchma Tobora mashaqqatli boʻlmoq.
-
Botiralining xayoli uning yelkasiga ogʻir yuk boʻlib tushdi va bu yuk kundan-kun ogʻirlashardi. Yoshlik
3. Qiyinlashmoq, murakkablashmoq.
-
Ish ogʻirlashdi.
4. Ogʻir tortmoq, mushkullashmoq.
-
Bemorning nafas olishi ogʻirlashdi.
5. Moddiy jihatdan nochor holga tushib qolmoq; mashaqqatli, uqubatli boʻlib qolmoq.
-
Ayam oʻlgandan keyin ahvolimiz yana ogʻirlashdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Zamon ogʻirlashib ketganmish, nima qilay, qon yutib oʻtiribman. T. Malik, Iblis devori
6. Noqulay, qiyin boʻlib qolmoq.
-
Endi qizining oldiga kirib, uning betiga qarash unga [qutidorga] juda ham ogʻirlashgan edi, chunki bu fojianing bosh omili deb oʻzini tanigan edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
7. Xavfli tus olmoq, xavfli, xatarli boʻlib qolmoq, jiddiylashmoq.
-
Ahvol borgan sari ogʻirlashdi. Pogodin qoʻshinlari yarim halqa ichida qoldi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
— Boylarning chaqigʻi bilan Yoʻlchining ishi ogʻirlashdi,— dedi Shokir ota. Oybek, Tanlangan asarlar
8. Kuchaymoq, zoʻraymoq, tuzalishi mahol boʻlib qolmoq.
-
Bemor kundan-kunga ogʻirlashyapti.
-
Fazilat opaning ahvoli ogʻirlashib borardi. Rangi sargʻayib, ozib choʻp boʻlib qoldi. M. Hazratqulov, Jurʼat
9. Oshmoq, kuchaymoq.
-
Jinoyati ogʻirlashdi. Jazo choralari ogʻirlashdi.
10. koʻchma Gangib qolmoq, oʻzini yomon his etmoq.
-
Kishi dardini anglatolmasa ogʻirlashadi. A. Qahhor, Sarob
-
Qotmadan kelgan Smirnov bu soʻzlarni eshitgach, ogʻirlashib ketganday boʻldi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
og‘irlash soʻzi qatnashgan jumlalar:
Boshi (yoki kallasi)
-
Chinni kosa besh-olti bor qoʻldan qoʻlga oʻtgandan keyin, har ikkovining ham boshi xiyla ogʻirlashib, kayf gʻalaba qila boshladi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Yelkasining oftobda kuygan joylari achishar, boshi ogʻirlashib, yostiqdan bosh uzolmasdi. S. Ahmad, Ufq
OG‘IRLASH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОҒИРЛАШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
og‘irlash so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar