chay
bilan ulashing
1. Yuvilgan narsani toza suvga botirib yoki ustidan toza suv quyib, chayqab toza qilmoq.
-
Bolakay darrov choynakni ariqchada chaya boshladi. R. Fayziy, Asad libosi
2. Yuvmoq.
-
[Yaxshiboyev] Shoshilmay vanna-xonaga kirib, yuz-qoʻlini chayib, artinib, shundan keyingina ichkariga oʻtdi. M. M. Doʻst, Lolazor
3. Pok, toza tutish yoki davolash uchun suv yoki biror dorivor suyuqlik bilan yuvmoq; chayqamoq.
-
Ogʻiz chaymoq. Tomoqni soda bilan chaymoq.
-
Sadaf kabi oq tishlarini bir-ikki chaydi-da, ariq boʻyini va uning suvlarini tashlab ketdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
4. Hoʻl, nam qilmoq (yogʻin-sochin, shudring haqida).
-
Kechagina yoqqan jala oʻt-oʻlanlar bilan giyohlarni chayib oʻtibdi. N. Fozilov, Diydor.
-
Shudring chaygan yolgʻizoyoq yoʻldan yuqoriga unsiz yurishdi. Yoshlik
chay soʻzi qatnashgan jumlalar:
Kir chaymoq
-
Moʻʼtabarxon hayron boʻldi-yu, kirlarini tez-tez chayib qoʻya qoldi. Mushtum
CHAY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧАЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chay so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar