chayna
bilan ulashing
1. Ogʻizdagi taomni tishlar orasida maydalamoq, yumshatmoq.
-
Ahmad parvoyi palak, ogʻzini toʻldirib, non chaynardi. F. Musajonov, Himmat
-
Otlar pishqirib turib, xushboʻy hoʻl bedani ishtaha bilan chaynamoqda edilar. Oybek, O. v. shabadalar.
2. Tirikchilik uchun ishlatmoq.
-
[Yaxshiboyev:] Mayda chaynab yesang, bu pul senga koʻp yilga yetadi. M. M. Doʻst, Lolazor
3. s. t. ayn. Gʻajimoq 5.
-
Mashina qoʻlini chaynab ketibdi.
4. koʻchma Birovni gʻiybat qilmoq, yomon-lab gapirmoq; koyimoq.
-
Dadasi bilan oyisi hamon uning opoq dadasini chaynayotgan edi. Yoshlik
-
[Yorqinoy] Bir kuni toʻyga borgan edi, xotin-xalaj nuqul uni chaynab oʻtirishdi. R. Rahmon, Mehr koʻzda
5. koʻchma salb. Bir gapni hadeb qaytaravermoq; gapni choʻzmoq; hal boʻlgan masalani yana aylantirib muhokama qilavermoq.
-
[Boʻtaboy] Oʻzi ham aniq-ravshan bir soʻz aytolmay, gapni chaynay boshladi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
chayna soʻzi qatnashgan jumlalar:
Chaynamang shiming
-
[Zumradning] Qulogʻidagi shisha isirgʻa xuddi bir parchagina chaynamang shimingdek yiltillab turar edi. A. Muxtor, Boʻronlarda bordek halovat
CHAYNA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧАЙНА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chayna so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar