chayon
bilan ulashing
1. zool. Oʻrgimchaksimonlar sinfiga mansub boʻlgan boʻgʻimoyoklilar turkumiga kiruvchi zaharli hasharot.
-
Rivoyatlarga Karaganda, chayon oʻzining vijir-vijir bolalarini oʻz yelkasida olib yurarmish. A. Muxtor, Davr mening taqdirimda
2. koʻchma Tili achchiq, bamisoli chayondek chaquvchi, gazanda (odam haqida).
-
[Sultonali:] Bu kaltakesak yutgan chayonning yuragida sizga qarshi katta adovat bor. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
chayon soʻzi qatnashgan jumlalar:
Chayon chaqib olganday yoki chayon chaqqan odamday
-
Umar akam bu gapni shu qadar ishonch bilan aytdiki, chayon chaqqan odamday sapchib turib, bora solib, yoqasiga yopishgim keldi. Oʻ. Hoshimov, Ikki eshik orasi
CHAYON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧАЁН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chayon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar