g‘azab
bilan ulashing
Kuchli darajada achchiqlanish hissi; qahr, jahl.
-
Gʻazab qilmoq. Gʻazab bilan gapirmoq. Gʻazabdan tushmoq.
-
Kechqurun jamoat jam boʻlganda, gʻazabdan koʻkarib ketgan kampir yetti pushtidan qolgan uch boylam vasiqani oʻrtaga koʻtarib urdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Odamlar Buvirajabni ushlashdi. Uning koʻzlariga hamon yosh kelmas gʻazabdan hansiragancha, qalt-qalt titrab oʻtirardi. Yoshlik
g‘azab soʻzi qatnashgan jumlalar:
Gʻazab qilmoq
-
Otasi uch oʻgʻliga gʻazab qilibdi: — Topsalaring — topdilaring, boʻlmasa, boshlaring oʻlimda, — debdi. Zumrad va Qimmat
-
Shohimiz gʻazab qildilar, men ham bandi boʻlib keldim. Nurali
Gʻazabiga olmoq
-
Xon bir begunoh odamni gʻazabiga olib, toshboʻron qildiribdi, tosh otmagan odam qolmasin, deb oʻzi tepasida turibdi A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Ular bir toʻda soldat bilan behol yotgan Poʻlat otaning tepasiga kelishdi. Uni gʻazabga olishdi, avrashdi — natija chiqmadi. K. Yashin, Hamza
Xudoning gʻazabi
-
Bu bola — xudoning gʻazabi.
G‘AZAB so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҒАЗАБ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan G‘AZAB so‘ziga berilgan ma’nolar
g‘azab so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
g‘azab so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing