chayqal
bilan ulashing
1. Chayqamoq feʼlining majhul nisbati.
-
Chayqalgan kirlarni yoymoq.
2. U yon-bu yon tebranmoq, lapanglab harakat qilmoq.
-
Yurganda bukchayish, u yoq-bu yoqqa chayqalish, oyoqlarni bir-biriga urib yurish yaramaydi. Fan va turmush
-
Chayqaladi dengiz beorom Gʻayratiy
3. koʻchma Toʻlqinlanmoq, junbushga kelmoq, hayajonlanmoq
-
Yosh qalblar hayajondan toʻlqin kabi chayqaladi. Yoshlik
-
Yuragida dard toʻlqini birdan kuchli chayqalib ketdi. Oybek, Tanlangan asarlar
4. koʻchma Notinch, bezovta boʻlmoq.
-
Keksa dilingizga tushmasin titroq, Otalar, chayqalib turibdi olam. A. Oripov
-
[Hilol buvi:] Nima gap oʻzi, nega zamon chayqalib qoldi? Oybek, Ulugʻ yoʻl
CHAYQAL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧАЙҚАЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chayqal so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar