dardchil
bilan ulashing
1. Tez-tez kasal boʻlib turadigan, salga kasal boʻlaveradigan.
-
Komil baayni oydinda uyqusirab yuradigan dardchil odamday mavze ellikboshisining orqasidan bogʻini aylanib chiqdi. M. Osim, Tilsiz guvoh
-
Otam qarib qoldi, onam dardchil qolganligini kim biladi? A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Koʻkargan taqdirda ham dardchil bola singari jonsiz va rangi sariq boʻladi. H. Olimjon
2. Dard tortib zaiflashib qolgan, dardga chalingan.
-
Ne-ne umidlar bilan olingan yer, bolalari yosh va Anzirat xolaning oʻzi dardchil boʻlgani uchun, ekuvsiz qolib, qoʻriqqa qoʻshilib ketdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Joʻra dardchil, oriq, yuvosh bola edi. H. Tursunqulov, Hayotim qissasi
3. koʻchma Qaygʻuli, gʻamli, mungli.
-
— Men boʻlsam otam tugul, onamni ham eslay ol-mayman, — uning ovozi dardchil qaltiradi. Sh. Xolmirzayev, Toʻlqinlar. Ahmad Xusain kuldi, keyin dardchil xoʻrsindi. Oybek, Nur qidirib
DARDCHIL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАРДЧИЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dardchil so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar