dardkash
bilan ulashing
1. Uzoq vaqt kasallanib yotgan; dardmand.
-
Uning [Nigoraning] qarshisida haftalab, oylab kasalxona karavotida qoʻzgʻalmay yotgan bir dardkash inson turar edi. S. Anorboyev, Oqsoy
2. Dard-alamga duchor boʻlgan; dard-alam koʻrgan; alamli.
-
Polvon oʻzini erkinroq his qildi, oldida bika emas, oddiy bir dardkash, mazluma bir ayol oʻtirganday boʻldi. J. Sharipov, Xorazm
-
Sevimli gazetamiz dardkashlarga hamdard ekanligini yaxshi bilganimdan ushbu maktubni yozayotirman. Gazetadan
3. Kimsaning gʻami, qaygʻusiga sherik boʻluvchi, birgalikda qaygʻuruvchi; hamdard.
-
Dardim koʻp, dardkashim yoʻq mening. K. Yashin, Hamza
-
Dilfuzaning koʻngli yarimta edi. Uyda dardini eshitadigan dardkashi yoʻq edi. Yoshlik
-
Ayniqsa, er-u xotin inoq, bir-biriga dardkash, mehr-oqibati boʻlsa, bundan ortiq baxt yoʻq. Gazetadan
DARDKASH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАРДКАШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dardkash so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar