dargoh
bilan ulashing
1. Podshoh arki va saroyi; borgoh.
-
Kampir Xolchaoyni podshohning dargohiga olib boribdi. Ertaklar
2. Uy-joy, hovli, maskan.
-
Mana, Mulla-doʻst! Sizga sabr qiling desam, xafa boʻlasiz. Bizning dargohimizdan hech kim quruq qaytmaydi. Hamza, Maysaraning ishi
3. Xonadon; oila.
-
Qizim Gulnor shunday ulugʻ dargohga tushsa yomonmi? Oybek, Tanlangan asarlar
-
Keyin oʻqiyolmadi: katta dargoh, bola-chaqa, qozon-tovoq Qolib ketdi! A. Qahhor, Asarlar
4. koʻchma Xizmat, faoliyat sohasi, oʻrni; ishxona.
-
Maorif dargohi.
-
Erta tongdan qalblari pok, oʻylar, orzulari lim-lim qizlar, ayollar sevimli dargohlari — Buxoro zardoʻzlik fabrikasiga oshiqadilar. Saodat
-
Maʼlumki, har bir olim
-
dargohiga kimgadir ergashib keladi. Fan va turmush
-
yosh mualliflar sheʼriyat dargohiga oʻzlarining maʼlum bir uslublari, ovozlari bilan kirib kelyaptilar. Gazetadan
5. koʻchma Najot topiladigan, panoh boʻladigan joy.
-
Yer yuzida shuhratli, mashhur dargoh oʻzingsan. El-u yurtga qudratli, mangu panoh oʻzingsan. Ya. Qurbon
-
Kavkaz, kimlarga sen iqbol dargohi, Kavkaz, kimlarga sen qatagʻon diyor. A. Oripov, Yillar armoni
-
Toshkent katta shahar, dargohi keng. Oʻ.Hoshimov, Qalbingga quloq sol
6. din. Sigʻiniladigan muqaddas joy.
-
Askar ota ikkala koʻlini koʻtardi: — Ilohi omin! Xudoyo xudovando, shu yoshga kirib, dargohingdan hech narsa soʻragan emas edim. A. Qahhor, Xotinlar
-
Dargohingga imonim bilan bora-yotganimga guvoh boʻl. Yoshlik
dargoh soʻzi qatnashgan jumlalar:
Dargohida qabul qilsin yoki xudo (yoki olloh)
-
Xudo qizimning saharlari qilgan duosini dargohida qabul qildi. Dadasi, endi tuzukman. A. Qahhor, Asarlar
DARGOH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАРГОҲ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dargoh so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan DARGOH so‘ziga berilgan ma’nolar
dargoh so‘ziga yangi izoh qo‘shing