so‘rg‘ich
bilan ulashing
1. Emizikli bolalar emchak oʻrnida soʻradigan rezina buyum; emizik.
-
Tursun Toʻrayevichning hali-veri gapdan tiyilishiga koʻzi yetmagan xotin qoʻlidagi bolasini yon tarafdagi stulga oʻtqazdi-yu, ogʻziga soʻrgʻichini berib, jahl bilan oʻrnidan turdi. N. Aminov, Qahqaha
-
Iskandar yelinning soʻrgʻichdek uchlaridan tiz-tiz choʻzilib tusha-yotgan sutga hayrat bilan tikilib qoldi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
2. anat. Teri va shilliqparda sirtidagi sezgir doʻmboqchalar.
-
Tilni tekshirgan chogʻ-da til soʻrgʻichlariga ham diqqat bilan qarash lozim. N. Ismoilov, Kasallarni parvarish qilish
-
[Soʻruvchilarning] Ogʻiz soʻrgʻichi gavdasining uchida, uning tubida ogʻiz teshigi joylashgan. OʻzME
3. bot. Chirmashib oʻsadigan parazit oʻsimlikning tuksimon oʻsimtalari.
4. so‘zlashuv tili Surgʻuch.
-
Xizmatkorlar koʻzalarning ogʻziga soʻrgʻich surib, qatronga yumalatib yuborishdi. M. M. Doʻst, Galatepaga qaytish
-
Bu — vokzalning pochta ombori boʻlsa ehtimol, eski yashiklardan soʻrgʻich, yelim, sirach, mumlangan kanop hidi kelib turibdi. Yoshlik
SO‘RG‘ICH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СЎРҒИЧ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
so‘rg‘ich so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing
Yangi so'zlar
- kechikish (latentlik)
- namunasiz o‘rganish (Zero-shot)
- texnogen
- chobuksuvor
- kontekst oynasi
- mushkutyor