so‘y
bilan ulashing
1. Boʻgʻziga tigʻ tortib oʻldirmoq, boʻgʻizlamoq.
-
Qoʻy soʻymoq.
-
Tovuq soʻymoq. Chumchuq soʻysa ham, qassob soʻysin. Maqol
-
Latifjon: Xoʻp boʻladi, dodxoh Boʻrdoqini soʻyishga qassobni chaqiraymi? Hamza, Tanlangan asarlar
-
[Hoji:] Qudalaringni nima bilan kutishni boʻlsa, oʻzing bilasan: tuya soʻyib charlaganingda ham, kelmaydirgan kishilar! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Kesmoq, boʻlaklamoq, kesib-kesib qoʻymoq. (asosan, qovun, tarvuz, anor va shu kabilar haqida).
-
Qovun soʻymoq.
-
Kamoliddin maxdum nonni ushatib, patnusdagi anorni oldi-yu, avaylab soʻya boshladi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Roʻzi polvon handalakni epchillik bilan soʻyib, mehmonlarning oldiga qoʻydi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
so‘y soʻzi qatnashgan jumlalar:
Pichoqsiz (yoki tigʻsiz) soʻymoq
-
Insofsizlar, meni tigʻsiz soʻydilaring. Sharq yulduzi
Oʻtmas pichoq bilan soʻymoq
so‘zlashuv tili Sevmoq, suymoq, yaxshi koʻrmoq.
-
Teng yeganni tangri soʻyibdi. Maqol
-
Ikkoving ham sozandasan, Ota soʻygan doʻzandasan. Yusuf va Ahmad
SO‘Y so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СЎЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
so‘y so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar