so‘roq
bilan ulashing
1. Savol, soʻrov.
-
Soʻroq bermoq. Soʻroq ohangi. Soʻroq gap.
-
Kechir, Zaynab, ojizdir Omon, Bu soʻrogʻing jon oʻrtar yomon. H. Olimjon, Tanlangan asarlar
-
Nega?, deysan, tushunmaysan, oʻz soʻrogʻingning Javobini yuragingdan tinglab koʻrasan. Gʻ. Gʻulom, Tanlangan asarlar
2. huquq Shaxsdan koʻrsatuv va tushuntiruv olish vositasi.
-
Soʻroq bermoq. Soʻroq qilmoq.
-
Soʻroq vaqtida qiynoqqa solish, zoʻravonlik, shafqatsizlik yoki inson shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etish jinoyat hisoblanadi. OʻzME
3. aynan Soʻrov 4.
-
Axir, ular saylovchi xalq-da! Ularning soʻrogʻiga, talabiga toʻla javob berish kerak-da. Oydin, Sadagʻang boʻlay, komandir.
so‘roq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Soʻroq belgisi
SO‘ROQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СЎРОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
so‘roq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar