so‘ri
bilan ulashing
1. Tok, qovoq va shu kabilar chirmashuvchi oʻsimliklarni oʻstirish, koʻtarib qoʻyish uchun shiypon shaklida, tik yoki qiya qilib koʻtarilgan moslama, qurilma.
-
Toklarni soʻriga olmoq.
-
Tokni soʻrida oʻstirish usuli xalq tajribasi asosida vujudga kelgan. OʻzME
2. Narsa qoʻyish, yoyish uchun qurilgan, toʻrt oyoqqa oʻrnatilgan taxta supa.
-
Inkubatorlar uchun joy tayyorlash, pillaxonalarni remont qilish, yoqilgʻi jamgʻarish, binolarni dezinfeksiyalash, soʻkchaklar va soʻrilar hozirlash ishlari avj olib ketdi. Gazetadan
3. sheva Katta taxta karavot.
-
Hali barg yoz-may, bezrayib turgan ikki tup sada tagidagi choyxona soʻrilarida odam koʻp. S. Ahmad, Hukm
-
Shiyponning soʻrisi bitdi-yu, tomi yopiqsiz qoldi. Sharq yulduzi
-
Iskandar esa beixtiyor soʻri panjarasiga ogʻir suyanib, oʻzi sezmagan holda, togʻ agʻdargan odamdek chuqur tinoldi. M. Mansurov, Yombi
SO‘RI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СЎРИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
so‘ri so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar