meʼda
bilan ulashing
Kishining ovqat hazm qilish aʼzolaridan biri; oshqozon hazm yoʻlining qiziloʻngachning pastki uchi bilan oʻn ikki barmoqli ichakning boshlanish qismi oraligʻida joylashgan kengaygan qismi.
-
Sakkiz-toʻqqiz oylab qovun koʻrmagan meʼdaga odatdan tashqari koʻp tiqilgan yangilik oʻz ishini qiladi. A. Qodiriy, Obid ketmon
-
Lola sayli kishi dilidagi gʻuborni yoʻqotur, ravoch meʼdani tozalaydi. Mirmuhsin, Meʼmor.
meʼda soʻzi qatnashgan jumlalar:
Meʼdaga(zigʻir yogʻdek) tegmoq (yoki urmoq)
-
[Mullaroʻzi:] Hozir bu boyvachchangiz ham meʼdaga zigʻir yogʻdek tegib turibdi. Hamza, Maysaraning ishi
-
Eng yaxshi kitobni ham qayta-qayta oʻqish kishining meʼdasiga tegadi. B. Rahmonov, Oltin odamlar.
Meʼdaga oʻtirmaslik
-
Meni paxta tortadigan katta taroziga qoʻydilar. Bu ish mening meʼdamga oʻtirmadi. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
Sassiq meʼda ayn. sassiq kekirdak
-
— Ey taqsirim, sassiq meʼda boʻlib qoldim-ku, — debdi. Oltin beshik.
Terida oq yoki rangli dogʻlar hosil qiladigan kasallik.
MEʼDA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МЕЪДА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan MEʼDA so‘ziga berilgan ma’nolar
meʼda so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
meʼda so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing