dardli
bilan ulashing
1. Dard, kasallik alomati bor; xasta, kasal.
-
Dardlining dardini dardsiz na bilar. Maqol
-
Uning rangi kasal odam kabi dardli. Oybek, Tanlangan asarlar
2. koʻchma Gʻam-alam chekkan, dard-alamga giriftor boʻlgan.
-
Dardliman, dardimni kimga yoraman. Rustamxon
-
Gulnora aya javdirab turgan dardli koʻzlarini yerga tikdi, koʻk shoyi koʻylak ichidagi nimjon koʻksi bir koʻtarilib qoʻydi. O. Yoqubov, Diyonat
3. koʻchma Dard, alam bilan toʻlib toshgan; gʻamli, alamli.
-
Bu dardli hayotda Gulnorga yagona baxt — Yoʻlchining singlisi Unsin boʻldi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Shokir ota Yoʻlchining boshida choʻkka tushib, oʻzining ogʻir dardli, chuqur yarali qalbi bilan uzoq yigʻladi. Oybek, Tanlangan asarlar
4. koʻchma Dard-alamni ifodalovchi; gʻamli, mungli.
-
Gulnor sekin, mayin, dardli ovoz bilan ashula boshladi. S. Zunnunova, Gulxan
-
Baqaterak shapaloq-shapaloq barglarini qarsillatib sado berar, chinorlar daryoday shovullar majnuntollar esa nozik ohang bilan dardli kuylar, yigʻlar edi. J. Abdullaxonov, Oriyat
DARDLI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАРДЛИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dardli so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar